Barcha ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlariga

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-465-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 71/40-sonli rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 25-oktabrdagi 04-42/25042-sonli xati ijrosi yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ishchi organi “O‘zmedimpeks” davlat muassasasi ishtirokida Sog‘liqni saqlash tizimi ehtiyojlari uchun “maxsus avtotransport vositasi (Reanimobil TS sinf)” xarid qilishni rejalashtirmoqda.

1-ilovada zarur jihozlarning ro‘yxati va miqdori ko‘rsatilgan.

2-ilovada xarid qilinayotgan jihozlarning texnik topshiriq taqdim qilingan.

Mahsulotning dastlabki texnik malakasini o’tkazish va sotib olish byudjetini aniqlash uchun, sizdan tijorat taklifingizni texnik muvofiqlik uchun aloxida ustunni har birini aniq parametrlar bilan majburiy to’ldirib, ma’qulovchi materiallar (ko’rsatmalar, kataloglar, broshyuralar va h.k) bilan birga, 2024 yil 5 mart soat 18:00 ga info@uzmedimpex.uz elektron adresga yuborishingizni so‘raymiz.

Sizdan taklif etilayotgan mahsulotning narxi, nomi va ishlab chiqaruvchi mamlakatning nomi, shuningdek yetkazib berish muddatlari va xizmat ko’rsatish markazlarining mavjudligini ko’rsatishingizni so’raymiz.

Yetkazib berish, imzolangan shartnoma kuchga kirgandan so’ng, 120 kun ichida amalga oshirilishi kerak.

Ishlab chiqaruvchi bo’lmagan, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning vakolatli disrtibyutorlari, yakuniy savdolar vaqtida ishlab chiqaruvchidan ruxsatnoma (avtorizatsiya) yoki rasmiy kelishuv xatini taqdim etishlari shart.

Yetkazib berish shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – DDP, yani xaridorning Toshkent shahridagi omborigacha, xorijiy etkazib beruvchilar uchun - DAP-Toshkent. 

To‘lov shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – 100% hujjatli qaytib olinmaydigan akkreditiv to’lov.

1va 2-ilovalar taqdim qilingan. 

Ilova №1

Ilova №2

 

Актуальные заявки

Наши партнеры